locale OZ

Islom Ismoilov: «Chempionlik uchun 90 foizga yaqinlashdik»

«Neftchi» bosh murabbiyi «Bunyodkor»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Islom Ismoilov: «Chempionlik uchun 90 foizga yaqinlashdik»
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
14.11.2026, Yak.
Neftchi Fargona
4
Bunyodkor
0

«Neftchi» klubi Superliganing qoldirilgan 26-turida o‘z uyida «Bunyodkor»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Baribir hech qaysi uchrashuv oson o‘tmayapti. Undan oldin bitta narsa o‘ylantirayotgandi: bu o‘yinga futbolchilarni ruhiy tomondan tayyorlash! Odatda, bunday bahslarga o‘yinchilarni ruhiy tomondan tayyorlash og‘ir kechadi. Bu bo‘yicha futbolchilarga juda ko‘p tushuntirishlar berdik. Bugun yana bir bor maydonda professional darajalarini ko‘rsatishdi. Ularga rahmat aytaman. Ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga minnatdorchiligimni bildiraman.

- Oldinda vodiy derbisi kutmoqda. Bugun tarkibda rotatsiyalarni ko‘rdik. Vodiy derbisida ham tarkibda yana rotatsiyalar bo‘ladimi?

- Albatta, tarkibimizda ko‘plab futbolchilar bor. Asta-sekinlik bilan bir qancha futbolchilar jarohatidan tiklanib qaytishyapti. Bugun shu o‘yinchilarga ko‘proq imkoniyat berdik. Bir qator futbolchilar uzoq muddatdan keyin yana o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi. Mavsum oxirlab borgani bilan lekin biz uchun hali tugagani yo‘q. Sababi, chempionlar ligasida ham ikkita muhim o‘yinimiz bor. Bu vaqt oralig‘ida jamoani to‘g‘ri tayyorlash, sog‘lom holatda va jarohatlarsiz olib borish juda muhim hisoblanadi. Shu sababdan har bir uchrashuvda baribir rotatsiya qilishga majburmiz, o‘zgarishlar bo‘ladi. Kuzatayotgan bo‘lsanglar, hech qaysi o‘yinni deyarli bir xil tarkib bilan o‘tkazayotganimiz yo‘q. Hech bo‘lmasa bitta o‘yinchi tarkibda o‘zgaryapti. Bu normal holat.

- Rus nashrida Islom Ismoilov bilan Temur Kapadzeni Kannavarodan kuchli demoqda. Bunga qanday qaraysiz?

- Albatta, bunaqa ta’rif uchun rahmat. Lekin har bir murabbiyni hurmat qilamiz. Kannavaro ham o‘ziga yarasha salohiyati bor murabbiy va hozirgi kunda O‘zbekiston milliy jamoasi ustozi. O‘zimni hech qachon qaysidir murabbiydan kuchli deb hisoblamayman. Chunki futbolda hali o‘rganadigan narsalarim juda ko‘p. O‘zimni hech qaysi murabbiy bilan solishtirmayman va o‘zimni hech qaysi murabbiydan ustun ham qo‘ymayman. Bu ularni fikri.

- Milliy jamoaga klubdan kam sonli o‘yinchilar chaqirilgani keyingi uchrashuvlari oldidan «Neftchi»ning foydasiga ishladi, desak bo‘ladimi?

- Klubdan ko‘plab o‘yinchilar milliy jamoaga chaqirilsa albatta xursand bo‘lamiz, bizni quvontiradi. Afsuski, hozirgi kunda bir nafar futbolchi jalb qilingan. Bu bir tomondan jamoa foydasiga xizmati qiladi. Chunki klub bilan birga bo‘lishadi. Baribir hatto futbolchi klubdan ikki kun tashqarida bo‘lsa ham jamoadan uzilishni boshlaydi. Odatda, oxirgi paytlarda FIFA kunlaridan keyin qaytish bizda qiyin kechayotgandi. Xudoga shukr, o‘tgan safargi FIFA kunidan keyingi qaytish ham biz uchun omadli bo‘ldi. Bu biz uchun yaxshi holat.

- «Bunyodkor» yosh jamoa va ikkala klub deyarli bir xil taktikada o‘ynaydi. Klub sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ikki holatdagi jamoalar. Biri chempionlik, yana biri ligada qolish uchun kurashyapti. Bu yerda jamoalarni ruhiy holati ham ikki xil bo‘ladi. Albatta, «Bunyodkor» jamoasida yaxshi murabbiy ishlayapti. Ivan Boshkovichni hurmat qilaman. U bilan birga o‘qiganmiz. Aqlli, istiqbolli murabbiylardan. Bugun ham ularni o‘yinida murabbiyni imzosi ko‘rinib turibdi. Yaxshi harakat qilishdi. «Bunyodkor» asosan to‘p nazoratiga e’tibor qaratdi. Afsuski, hozirgi kundagi futbolda to‘p nazorati hech narsani bermaydi. Pressing qilishga harakat qilishdi. Bu qaysidir holatlarda ularning foydasiga ham, ziyoniga ham ishladi. O‘ylaymanki, ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin o‘tkazishdi.

Biz yanada erkinroq o‘ynashimiz mumkin edi. Mavsum oxirlab borayotgani uchun oxirgi uchrashuvlar ruhiy tomondan qiyin o‘tyapti. Futbolchilar jismonan emas, asosan ruhiy jihatdan ko‘proq charchashyapti. To‘g‘ri, atrofdan bizga bosim bo‘lmasligi mumkin, ammo baribir inson buni ichidan his qilib turadi. Chempionlik yaqinlashyapti va har bir uchrashuv katta ahamiyat kasb etgani bois o‘yinchilar xato qilishdan qo‘rqibroq o‘ynashyapti. Birinchi taymda ham juda ko‘p oddiy vaziyatlarda to‘p yo‘qotdik.

Tanaffusda yigitlarga ko‘rsatma berdik va ikkinchi taymda deyarli o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik. O‘yinni 20-25-daqiqasigacha yaxshi harakat qildik. Ikkala gol ham chiroyli chiqdi. Birinchisi, ijro mahorati, ikkinchisi jamoaviy gol bo‘ldi. 25-daqiqadan keyin o‘yin ritmi buzildi, o‘yinni yo‘qotib qo‘ydik. Ko‘plab xatolar qila boshladik. Balki bu natija muhimligidan kelib chiqib o‘yinchilar shunaqa harakat qilgan bo‘lishlari mumkin. Ikkinchi taymda o‘yinni qo‘lga oldik va to‘liq g‘alabani ta’minladik.

- Bugungi g‘alabadan keyin «Neftchi» jamoasi necha foizga chempionlikka yaqinlashdi?

- Menimcha, 90 foizga yaqinlashdik. 3 ta o‘yin qoldi, maqsadimiz uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonish. Baribir hali chempion emasmiz. Bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, OAVda ko‘pchilik jamoa chempion bo‘ldi, deb ta’kidlayapti. Lekin hali chempion emasmiz. Qachonki, rasman aniq bo‘lganda o‘zimizni erkin qo‘ysak bo‘ladi. Ungacha futbolchilarni ham, murabbiylar shtabini ham, hech kimni bo‘shashishga haqq

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting