O‘zbekiston MJ Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida kambek qurboni bo‘ldi
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Unda mehmonlar kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 5-daqiqada Melyoxin o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 46-daqiqada Behruz Karimov vakillarimizning 2-golini urdi. 70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Komlichenko farqni qisqartirdi. 75-daqiqada aynan u muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa zaxiradan safga qo‘shilgan Miranchuk yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi keyingi o‘rtoqlik bellashuvini 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi safarda o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Rossiya 2:3
Gollar: Melyoxin 5 avtogol, Behruz Karimov 46 – Nikolay Komlichenko 70, 75, Aleksey Miranchuk 79.
O‘zbekiston: 1. Vladimir Nazarov, 4. Behruz Karimov, 6. Akmal Mozgovoy, 10. Azizjon G‘aniyev (24. Diyor Xolmatov, 62), 14. Eldor Shomurodov (21. Husayn Norchayev, 80), 17. Dostонbek Hamdamov (19. Ruslanbek Jiyanov, 62), 22. Abbosbek Fayzullayev (20. Aziz Amonov, 80), 23. Sherzod Esanov, 25. Mahmud Mahamadjonov (2. Dilshodbek Murtazayev, 80), 26. Jahongir O‘rozov, 27. Muhammadrasul Abdumajidov.
Rossiya: 39. Matvey Safonov, 4. Danil Krugovoy, 8. Lechi Sadulayev (59. Aleksey Miranchuk, 66), 10. Konstantin Tyukavin (7. Nikolay Komlichenko, 66), 14. Viktor Melyoxin, 21. Yaroslav Gladishev (11. Kirill Glebov, 66), 24. Aleksandr Silyanov (5. Kirill Danilov, 46), 27. Ivan Oblyakov (9. Aleksey Mironov, 66), 30. Ilya Vakhaniya (23. Andrey Langovich, 76), 31. Matvey Kislyak (15. Danil Glebov, 76), 83. Aleksey Batrakov