locale OZ

Tojikiston O‘monni yengib, Tailand qirol kubogida finalga chiqdi

Endilikda Igor Angelovski boshqaruvidagi tojikistonliklar turnir g‘olibligi uchun 17 noyabr kuni Tailandga qarshi bellashadi.
Futbol
Tojikiston O‘monni yengib, Tailand qirol kubogida finalga chiqdi
photo: gettyimages

Tailandda 52-xalqaro «King‘s Cup 2026» turnirida yarimfinal uchrashuvlari o‘tkazildi. Tojikiston milliy jamoasi O‘mon bilan bellashib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi yagona 60-daqiqada Sheriddin Boboyev tomonidan urildi.

Endilikda Igor Angelovski boshqaruvidagi tojikistonliklar turnir finalida 17 noyabr kuni mezbonlarga qarshi bellashadi. Tailand yarimfinalda Bruney darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa O‘mon va Bruney o‘zaro o‘ynaydi.

Qirol kubogi-2026
O‘mon — Tojikiston 0:1
Gol:
Boboyev 60.
Tojikiston — Oleg Baklov, Zoir Jo‘raboyev, Tabrez Islomov, Alijon Karomatullozoda, Vaxdat Xanonov, Amirbek Jo‘raboyev, Parviz Umarboyev, Nozim Bobojonov, Ehsoni Panshanbe, Shervoni Mabatshoyev, Sheriddin Boboyev.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting