locale OZ

«Mag‘lubiyatda faqat zaxiradan tushganlarni ayblay olmayman. Bugun butun jamoa yutqazdi» — Kannavaro

O‘zbekiston MJ ustozi Rossiyaga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Futbol
«Mag‘lubiyatda faqat zaxiradan tushganlarni ayblay olmayman. Bugun butun jamoa yutqazdi» — Kannavaro
photo: UFA
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
12.11.2026, Yak.
O‘zbekiston
2
Rossiya
3

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Janob, Kannavaro sizga savol shuki, Batrakov haqida fikringiz qanday? U keyinchalik yanada kuchli jamoa safiga o‘tishi mumkinmi?

- Shubhasiz, yaxshi futbolchi. Ayniqsa, vaziyatlarni his qilish, qisqa va uzun paslarda yaxshi harakat qiladi. Uning kelajagi porloq o‘yinchi deb bilaman.

- Bugungi bahsda Abduqodir Husanov ishtirok etmadi. Ehtimol, u bo‘lganida 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qolgan bo‘larmidik?

- Ochig‘i, bunday turdagi savollarni yoqtirmayman. Husanov yaxshi futbolchi. Ammo u bo‘lgan vaqtida ham mag‘lubiyatga uchraganmiz. Bugun maydonda harakat qilgan boshqa yosh o‘yinchilarimiz ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Hammasini kelajagi porloq. Mana shunday kuchli jamoalarga bahsda ular o‘zlari uchun tajriba olishdi. Qolaversa, bugun yana ikki nafar o‘yinchimiz milliy jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Ular ham yomon ko‘rinmadi. Husanov top o‘yinchi. Shunga qaramay, men maydondagi o‘yinchilarimga to‘liq ishonaman.

- O‘yinga aslida reja qanday edi? O‘yin davomida rejalaringiz qanchalik o‘zgarib ketdi?

- O‘yinga bo‘lgan rejamiz o‘zgarmadi. Butun bahs davomida bir xil davom etdik. Rejamiz yuqori pressing ostida raqibga bosim o‘tkazishdan iborat edi. Birinchi bo‘limda raqib jarima maydonchasi atrofida 10-12 marta ulardan to‘pni olib qo‘ydik. Afsuski, vaziyatlarni gol bilan yakunlashda qiynaldik. Yuqorida aytganimdek, oxirgi 10 daqiqa ichida biz to‘xtab qoldik, o‘yindan uzilib qoldik. 2:0 hisobi futbolda eng xavflisi hisoblanadi. Rossiyaga qarshi bahsdan yigitlar yaxshi tajriba olishdi. Shunday raqibga qarshi qanday harakat qilish lozimligini tushunib olishdi. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz.

- Bellashuvning 60-daqiqalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar haqida fikringiz qanday? Xolmatov o‘yinga qo‘shilib keta olmadi, Jiyanovda xato kuzatildi. O‘yinchi almashtirishda xato qildim deb o‘ylaysizmi?

- Zaxiradan o‘yinchi tushirishda asosiy muammo ularning ruhiy holatida edi. Bu yigitlar hisob 2:0 bo‘lib turgan vaqtida o‘yinga qo‘shilishdi. Ehtimol, ularning ruhiy holati ham bahsga to‘liq tayyor emasdi. Albatta, hisobda oldinda borib turib, oxirida yutqazib qo‘ysak, unda murabbiyning ham xatosi bo‘ladi. Rossiyaga qarshi bahsda 10 ta o‘zgarishni amalga oshirdik. Mag‘lubiyatimizda Diyor yoki zaxiradan tushganlar aybdor emas. Butun jamoa yutqazdi. Biroz achindim. Sababi zaxiradan tushganlar jonini berishdi, ko‘p yugurishdi. Lekin futbol har doim ham adolatli yakunlanmaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting