locale OZ

2026 WTA finals. Andreyeva guruh bosqinchini yuz foizlik natija bilan yakunlandi

Indian-Uells shahrida professional tennischi ayollar o‘rtasidagi yilning yakuniy musobaqasi — WTA Finals turnirida guruh bosqichi bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Tennis
2026 WTA finals. Andreyeva guruh bosqinchini yuz foizlik natija bilan yakunlandi
photo: Tennis Uzbekistan

Indian-Uells shahrida professional tennischi ayollar o‘rtasidagi yilning yakuniy musobaqasi — WTA Finals turnirida guruh bosqichi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Ikkinchi guruhning so‘nggi turidan avval ketma-ket ikki mag‘lubiyat alamini totgan chexiyalik Karolina Muxova o‘z o‘rnini zaxira o‘yinchisi — Diana Shnayderga bo‘shatib berdi.

Bu o‘zgarish rossiyalik Mirra Andreyevaning ishonchli yurishiga zarracha ta’sir qilmadi. U so‘nggi turda Shnayderni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan yagona tennischiga aylandi.

Guruhdagi yana bir uchrashuvda ukrainalik Elina Svitolina jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi Arina Sabalenkani uch setda — 6:3, 3:6, 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Ushbu mag‘lubiyat belaruslik tennischining turnirdagi ishtirokiga yakun yasadi.

Yarim final juftliklari:
Mirra Andreyeva va Jessika Pegula
Elina Svitolina va Linda Noskova

Turnirning hal qiluvchi bahslari yanada qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting