locale OZ

Rossiya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi asosiy tarkibi ma’lum

Toshkentda o‘tkaziladigan bahs soat 20:00 da boshlanadi.
Futbol
Rossiya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi asosiy tarkibi ma’lum
Фото: ЎФА
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
12.11.2026, Yak.
O‘zbekiston
2
Rossiya
3

Birozdan so‘ng O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanadi. Toshkentda o‘tkaziladigan bahs soat 20:00 da start oladi.

Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabi mazkur uchrashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qildi.

Rossiya terma jamoasining asosiy tarkibi:

Safonov, Krugovoy, Silyanov, Melexin, Vaxaniya, Batrakov, Kislyak, Oblyakov, Sadulayev, Tyukavin, Gladishev.

Rossiyaliklar so‘nggi bor O‘zbekiston terma jamoasi bilan 2022-yil noyabr oyida kuch sinashgan. O‘shanda uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan.

O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyida Janubiy Koreya (0:2), Suriya (4:1) va Eron (3:1) terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan bo‘lsa, Rossiya Nigeriya (3:3), Namibiya (6:0) va Eron (2:0) terma jamoalari bilan o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil fevral oyi oxiridan buyon Rossiya milliy terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda va xalqaro musobaqalarda qatnashmayapti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting