O‘rtoqlik o‘yinlari. Eron Iroqdagi bahsda Falastindan ustun keldi, Ozmundan gol
Yana bir bahsda Xitoy o‘z maydonida Malayziyani mag‘lub etdi.
Futbol
photo: gettyimages
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
14.11.2026, Yak.
Falastin
0
Eron
2
FIFA kunlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham davom ettirilmoqda. Eron milliy jamoasi Falastinga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ozmun va Xardani gollarga mualliflik qildi. Forslar 17 kuni Iroq bilan navbatdagi bahsda maydonga tushadi. Falastin o‘sh kuni Livan bilan kuch sinashadi.
Xitoy uyda Malayziya bilan kuch sinashib, birinchi bo‘limda urilgan ikki gol evaziga raqibidan ustun keldi. Xitoyliklar keyingi bahsini 17 noyabr kuni Bahraynga qarshi o‘tkazadi. Malayziyaliklar esa Yaman bilan kuch sinashadi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
Falastin – Eron 0:2
Gollar: Ozmun 77, Xardani 84.
Xitoy – Malayziya 2:0
Gollar: Vang 10, Zang 19.