locale OZ

Osiyo millatlar kubogi: O‘zbekistonning har ikkala terma jamoasi navbatdagi g‘alabaga erishdi

Abu-Dabida davom etayotgan Osiyo millatlar kubogida O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘z navbatdagi uchrashuvlarini g‘alaba bilan yakunladi.
Boshqa sport turlari
Osiyo millatlar kubogi: O‘zbekistonning har ikkala terma jamoasi navbatdagi g‘alabaga erishdi
photo: gettyimages

Osiyo millatlar kubogi: O‘zbekistonning har ikkala terma jamoasi navbatdagi g‘alabaga erishdi.

Abu-Dabida davom etayotgan Osiyo millatlar kubogida O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘z navbatdagi uchrashuvlarini g‘alaba bilan yakunladi.

Erkaklar terma jamoasi

5-turda hamyurtlarimiz Shri-Lankani 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. To‘rt taxtaning uchtasida g‘alaba, bittasida esa durang qayd etildi.

Shunday qilib, erkaklar terma jamoasi 5 turdan so‘ng 6 jamoaviy ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Ayollar terma jamoasi

3-turda qizlarimiz Mog‘ulistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

To‘rttala taxtada ham g‘alaba qozongan hamyurtlarimiz 3 turdan so‘ng 4 jamoaviy ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugun, 14-noyabr kuni erkaklar terma jamoamiz 6-turda Qozog‘istonga, ayollar terma jamoamiz esa 4-turda Xitoyga qarshi o‘ynaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting