A Seriya. «Inter» «Komo»ning 6 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi
Italiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Inter» o‘z uyida «Komo» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Kivu shogirdlari ochkolarini 28 taga yetkazib, peshqadam «Latsio» (29) bilan farqni minimallashtirdi. Barcha turnirlar doirasida 6 o‘yinlik g‘alabali seriyasi barham topgan Fabregas jamoasi esa 23 ochko bilan 5-pog‘onaga tushdi.
A Seriya. 11-tur
Inter — Komo 2:0
8 noyabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Espozito (12), Tyuram (19).
Inter — Martines, Akanji, Bastoni, Augusto, Spens, Barella, Chalxono‘g‘li (Suchich, 81), Zelinski (Mxitaryan, 73), Dimarko (Diuf, 88), Espozito (Bonni, 73), Tyuram (Pavar, 88).
Komo — Sanches, Koutu (Liberali, 74), Ramon, Kempf, Valle (Kayki, 74), Perrone (Richchi, 46), Milya, Da Kunya (Kakre, 74), Pas, Baturina (Smolchich, 46), Duvikas.
Ogohlantirish: Espozito (72).