Argentina Jahon ralli chempionatiga qaytishi mumkin
Xalqaro avtomobil federatsiyasi FIA Argentinaning FIA World Rally Championship (WRC) taqvimiga qaytishi mumkinligi haqidagi rejalarni tasdiqladi.
Boshqa sport turlari
photo: gettyimages
Xalqaro avtomobil federatsiyasi FIA Argentinaning FIA World Rally Championship (WRC) taqvimiga qaytishi mumkinligi haqidagi rejalarni tasdiqladi.
2027-yil mart oyida Argentinaning Kordova provinsiyasida FIA CODASUR Rally Championship doirasida nomzodlik bosqichi bo‘lib o‘tadi.
FIA vakillari musobaqaning tashkil etilish darajasi, xavfsizlik choralari, infratuzilma hamda xalqaro sport talablariga muvofiqligini baholaydilar.
Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tilgan taqdirda, Argentina rallisi 2028-yildan boshlab WRC taqvimiga kiritilish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Argentina so‘nggi bor 2019-yilda ralli bo‘yicha jahon chempionati bosqichiga mezbonlik qilgan.