Superliga. «Andijon» Zominda «Surxon» bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston chempionatining 28-turini boshlab bergan bahsda «Surxon» Zominda nominal mezbon sifatida «Andijon» bilan to‘qnash keldi. Bellashuvda hisob ochilmadi.
Shu tariqa termizliklarning g‘alabasiz seriyasi 6 ta, «burgutlar»da esa 7 ta o‘yinga yetdi.
Ikkala jamoa hisobida ham ochkolar 32 taga yetdi. O‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra «Surxon» 10-o‘ringa, «Andijon» esa 11-pog‘onaga joylashgan.
Superliga. 28-tur
Surxon — Andijon 0:0
19 noyabr, Zomin, «Markaziy» stadion
Surxon — Otabek Boymurodov, Behzod Shamsiyev, Doston Tursunov, Humoyun Sherbutayev, Richard Emeka Fraydey (Diyor Ramozonov, 59), Sarvar Abduhamidov, Behruz O‘ktamov, Farrux Qodirov (Mirmaqsud Mirusmonov, 82), Tornike Zebniauri, Behruz Shukurullayev, Muhammadali Musaxanov.
Andijon — Eldor Adxamov, Odil Abdumajidov, Aleksandre Andronikashvili, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Bekzod Sulaymonov, 46), Xumoyunmirzo Iminov (Muxammadkarim Toirov, 46), Aziz Turg‘unboyev, Damir Temirov (Doniyor Abdumannopov, 75), Islom To‘xtaxo‘jayev, Usmonali Ismonaliyev, Martin Boake, Rustam Turdimurodov (Hamidullo Karimov, 63).
Ogohlantirishlar: Tornike Zebniauri (64), Islom To‘xtaxo‘jayev (67), Muhammadali Musaxonov (85), Mirmaqsud Mirusmonov (87),
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev (89).