locale OZ

MYUning ikki asosiy futbolchisi jamoani tark etmoqchi

Gap Fernandes va Martinez haqida bormoqda.
Futbol
MYUning ikki asosiy futbolchisi jamoani tark etmoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning ikki asosiy futbolchisi klubni tark etish niyatida. Football Insider nashrining xabar berishicha, himoyachi Lisandro Martinez va yarimhimoyachi Bruno Fernandes yanvar oyida yoki yozgi transfer oynasida jamoani tark etishdan manfaatdor.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandes va Martinez argentinalik Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlanganiga qaramay, «Manchester Yunayted»ni tark etish istagida qolmoqda. Qayd etilishicha, mutaxassis futbolchilarni jamoada qolishga ko‘ndira olmagan.

Avvalroq Bruno Fernandes kelasi yilning yozida yakunlanadigan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki futbolchi ham klubni tark etish uchun harakat qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting