Para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Misrdagi Gran-prida ishtirok etadi
Para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Misrdagi Gran-prida ishtirok etadi
20–21-noyabr kunlari Misrning Iskandariya shahrida para dzyudo bo‘yicha IBSA Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz J1 va J2 sport klasslarida erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi turli vazn toifalarida medallar uchun bahs olib boriladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar:
Diyor Maydonov — 70 kg (J1)
Shohrux Mamedov — 81 kg (J1)
Turg‘un Abdiev — 95 kg (J1)
Muhammad Abduqulov — 95 kg (J1)
Ulmas Rayimov — +95 kg (J1)
Islomjon To‘xtaboyev — +95 kg (J1)
Sherzod Namozov — 70 kg (J2)
Kemran Nurillayev — 70 kg (J2)
OlloberdI Mannopjonov — 81 kg (J2)
Abdullatif Toshtemirov — 95 kg (J2)
Ayollar:
Bonu Babayeva — 52 kg (J1)
Uljon Amriyeva — 60 kg (J1)
Feruza Ergasheva — +70 kg (J1)
Kumushxon Xodjayeva — 60 kg (J2)
Sarvinoz Shermamatova — 60 kg (J2)
Mohinur Parmonova — +70 kg (J2)
Musobaqa sportchilarimiz uchun xalqaro reyting ochkolari jamg‘arish va 2028-yil Los-Anjeles Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.