U-17 JCH. Argentina Avstraliyaga yutqazib qo‘ydi, Saudiya Urugvayga mag‘lub bo‘ldi, Fransiyada g‘alaba
Qatarda o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Dastlabki kuni 4 ta guruhda 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
U-17 JCH. 1-tur. 19 noyabr
A guruhi
Qatar — Panama 2:0
Gollar: Nosir (90+1, penalti), Ndiaye (90+5).
Misr — Gretsiya 1:2
Gollar: Saudi (71) — Suvladzis (54), Karangelis (62).
Chetlatish: Tamir (23, Misr).
B guruhi
Janubiy Koreya — Uganda 3:0
Gollar: Kim Ji Ho (8), Mbalire (50, avtogol), Kim Ji Vu (84).
Yangi Kaledoniya — Ekvador 0:1
Gol: Gerrero (45+1).
S guruhi
Argentina — Avstraliya 0:2
Gollar: Guich (60, avtogol), Akon (71).
Chetlatish: Vallexo (90+3, Argentina).
Mozambik — Daniya 4:0
Gollar: Kensane (4), Kuna (32, 44), Mubai (90+1).
D guruhi
Fransiya — Haiti 3:1
Gollar: Merrifild (4, 41), Tiyehi (47) — Prophet (88).
Saudiya Arabistoni — Urugvay 2:3
Gollar: Bu Shaqra (38 penalti, 58 penalti) — Barreyro (43), Al Hoshim (68, avtogol), Rodriges (86).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 jamoasi turnirdagi ilk o‘yinini 20 noyabr kuni Kot-d'Ivuarga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.