locale OZ

«Arsenal» qishda Nusa yoki Shadeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Kanonirlar» birinchi navbatda hujumning chap qanotida harakat qila oladigan futbolchini izlamoqda.
Futbol
«Arsenal» qishda Nusa yoki Shadeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi qishki transfer oynasida hujumning chap qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Sky Sports nashri xabar berishicha, «kanonirlar» «RB Leipzig» vingeri Antonio Nusa va «Brentford» futbolchisi Kevin Shadega qiziqish bildirmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar hujum chizig‘ini o‘tgan yozdayoq kuchaytirishni istagan, biroq Morgan Rogers, Vinisius Junior, Bradley Barkola va Julian Alvarez transferlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

Qayd etilishicha, «Arsenal» «Atletiko»ning argentinalik hujumchisi Julian Alvarezni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechadi. Bunga futbolchining Ispaniyani tark etishni istamayotgani sabab bo‘lmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» birinchi navbatda hujumning chap qanotida harakat qila oladigan futbolchini izlamoqda. Shu bilan birga, klub hujum chizig‘ining barcha pozitsiyalarida o‘ynay oladigan universal futbolchini tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting