«Napoli» De Bryuyne bilan xayrlashmoqchi emas
Italiyaning «Napoli» klubi yarimhimoyachi Kevin De Bryuyne bilan qishki transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga PSV tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganiga qaramay, «Napoli» De Bryuyne borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi emas. Neapolliklar 35 yoshli yarimhimoyachini jamoaning sotilmaydigan futbolchilaridan biri deb biladi.
Niderlandiya klubi «Napoli» rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi uchun juda ishonarli taklif bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi.
De Bryuyne joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etmoqda.