locale OZ

Anvar Gafurov: Maydonning har bir qismida keskin kurash kechdi

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani.
Futbol
Anvar Gafurov: Maydonning har bir qismida keskin kurash kechdi
photo: Surxon fk
O‘zbekiston Superligasi
19.11.2026, Yak.
Surxon
0
Andijon
0

Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani

— Uchrashuv haqida fikrlaringiz?

— O‘ylaymanki, yaxshi va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdi. Maydonning har bir qismida keskin kurash kechdi. Raqib jamoa ham yaxshi taassurot qoldirdi. Yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Ular har qanday vaziyatda ham o‘zlarini professional tarzda tutishmoqda. Shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

— Bugungi hisob o‘yinga mos bo‘ldi, deb hisoblaysizmi?

— Futbol shunisi bilan qiziq. Andijon jamoasida ham, bizda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, jamoamiz uchun bu birinchi 0:0 hisobidagi uchrashuv emas. Barchasi Xudoning irodasi bilan. Biz esa o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak.

— Jamoangiz ketma-ket durang natijalar qayd etmoqda. Buni nima bilan izohlaysiz?

— Eng avvalo, yaratilayotgan vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Bunday holatlar har bir jamoada uchrab turadi. Bizga hozir sabr va izchillik kerak. Ishlashda davom etishimiz, kamchiliklar ustida ishlashimiz va oldinga intilishimiz lozim.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting