locale OZ

Ryudiger Mourinoning «Real»dagi ishlari haqida gapirdi

Portugaliyalik mutaxassis avval ham 2010–2013-yillarda madridliklar jamoasini boshqargan.
Futbol
Ryudiger Mourinoning «Real»dagi ishlari haqida gapirdi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino tayinlanganidan keyin katta o‘zgarishlarga qo‘l urmaganini ta’kidladi.

«U jamoada ko‘p narsani o‘zgartirdi, deb aytmagan bo‘lardim. Uning ixtiyoriga yaxshi muvozanatga ega jamoa topshirildi. U muvaffaqiyatli jamoani qanday shakllantirishni biladi va hozir uning qo‘l ostida shunday jamoa bor.

Asosiy tarkibda kim o‘ynashi yoki zaxirada qolishining ahamiyati yo‘q. U hazillashadi, ammo faqat kiyinish xonasida. Ertalab mashg‘ulotga kelganida, albatta, biror qiziq voqeani aytib beradi. Lekin maydonda hech qanday hazil bo‘lmaydi», — deya Ryudigerning so‘zlarini The Athletic nashriga tayanib AS keltirdi.

Mourino 2026-yil yozida «Benfika»dan ketganidan so‘ng «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Portugaliyalik mutaxassis avval ham 2010–2013-yillarda madridliklar jamoasini boshqargan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting