Makkenni «Yuventus»dan ketmasligini ma’lum qildi
28 yoshli futbolchi 2021-yil yozidan buyon Turin klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni Turin klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Vaziyatga oydinlik kiritmoqchiman: men “Yuventus”ni tark etishni rejalashtirmayapman. Hozirgi joyimdan mamnunman. Aynan shuning uchun klub bilan yangi shartnoma imzoladim va jamoa safida o‘ynashni davom ettirishni intizorlik bilan kutyapman», — deya Makkennining so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.
28 yoshli futbolchi 2021-yil yozidan buyon Turin klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali amerikalik yarim himoyachining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.