Chuameni: «Birgalikda yana ko‘plab yangi sahifalarni yozamiz»
«Real» yarimhimoyachisi Oreliyen Chuameni klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.
Fransiyalik futbolchi madridliklar bilan yangi kelishuvni 2032 yil 30 iyunga qadar imzoladi. U 2022 yil yozidan buyon «qaymoqranglilar» safida o‘ynab kelmoqda. U klub safida 205 ta bahsda maydonga tushgan va 8 ta sovrin, xususan, YECHL va La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
«Real» sharafini himoya qilish, madridliklar uchun
«Santiago Bernabeu»da va dunyoning istalgan nuqtasida to‘p tepish — bu katta imtiyoz.
Bu yo‘lni davom ettirish imkoniyati menda ta’riflab bo‘lmas hissiyotlarni uyg‘otmoqda. Ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun barchaga rahmat! So‘nggi yillarda birgalikda boshdan kechirgan barcha ajoyib lahzalarni mehr bilan eslayman. Ammo, eng avvalo, bizni oldinda kutayotgan voqealar haqida o‘ylayapman. Chunki biz birgalikda hali ko‘plab yangi sahifalarni yozishimiz kerak 🤍», — deb yozdi Chuameni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.