locale OZ

Superliga. «Neftchi» tumanli kechgan bahsda «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston chempionatida 26-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Superliga. «Neftchi» tumanli kechgan bahsda «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
14.11.2026, Yak.
Neftchi Fargona
4
Bunyodkor
0

O‘zbekiston chempionatida 26-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada kechgan bahsda «Neftchi» «Bunyodkor»ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvda gollarga Yovovich, G‘iyosov (dubl) va Iskanderov mualliflik qildi.

Ushbu natijadan so‘ng farg‘onaliklar ochkolari sonini 64 taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. «Qaldirg‘ochlar» esa 26 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

Superliga. 26-tur. 14-noyabr
Neftchi — Bunyodkor 4:0
Gollar:
Yovovich 7, G‘iyosov 11, 55 (dubl), Iskanderov 74.

Neftchi — 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Tsiger, 5. Ikromjon Aliboyev, 8. Vladimir Yovovich (6. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 61), 9. Xurshid G‘iyosov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asilbek Jumayev (71. Bilolxon Toshmirzayev, 56), 20. Anvarjon G‘ofurov, 32. Zoran Marushich (27. Nurbek Sarsenbayev, 61), 34. Farruh Sayfiyev (21. Muhsinjon Ubaydullayev, 61), 52. Koffi Kuao (2. Izzatillo Po‘latov, 74).

Bunyodkor — 1. Abdumavlon Abduljalilov, 9. Matiya Krivokapich (27. Islom Anvarov, 70), 10. Amir To‘rakulov, 14. Shahzodjon Nematjonov (33. Eldor Naimov, 60), 18. Narimonjon Ahmadjonov (31. Abdurahmon Sulaymonov, 79), 21. Nosirjon Abdusalomov, 42. Abdulhamid Ikromov (11. Sardor Abdunabiyev, 70), 44. Alijon Bekmurotov, 45. Shamsiddin Tursunmaxamadov, 74. Ivan Bukrin, 88. Mirkomil Annamatov (17. Muzaffar Olimjonov, 60).

Ogohlantirishlar: Mirkomil Annamatov (41), Ivan Bukrin (68).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting