Skoulz Holandning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi
Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning fikricha, agar «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasidan chiqarib yuborilsa, norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Holand kataloniyalik «Barselona»ga o‘tishi mumkin.
«Agar “Siti” APLni tark etsa, menimcha, Holand “Barselona”ga o‘tadi. U Madridning “Real” klubiga mos futbolchiga o‘xshaydi. Men uni shu jamoa libosida tasavvur qila olaman, ammo u katta ehtimol bilan “Barsա”ga yo‘l oladi. Agar uning otasi bu borada hali hech qanday ishni boshlamagan bo‘lsa, hayron qolaman», — deya Skoulzning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.
Holandning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2034-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
26 yoshli skandinaviyalik hujumchining transfer qiymati 220 million yevroga baholanmoqda.