locale OZ

«Chelsi» Bastoni transferini ko‘rib chiqmoqda

Bastonining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Futbol
«Chelsi» Bastoni transferini ko‘rib chiqmoqda
Photo: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, Angliya grandi 27 yoshli italiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda va hozircha APL klublari orasida ushbu poygada yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq Bastonini «Barselona» ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagan edi. Biroq futbolchining atrofidagilarga kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik himoyachining o‘z o‘yin tizimiga mos kelishi borasida to‘liq ishonchga ega emasligi haqida ma’lumot yetib borgan.

Shu sababli italiyalik futbolchining vakillari murabbiy uning ehtimoliy transferini to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilmoqchi.

«Chelsi»dan tashqari, Bastoniga «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq mersisaydliklar hozircha markaziy himoya pozitsiyasi bo‘yicha uzoq muddatli rejalarini aniq belgilab olmagan.

Bastonining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Milanliklar kelishuvni uzaytirishni istamoqda. Agar tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, klub kelasi yozda futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting