locale OZ

«Manchester Siti» qishki transfer oynasida yangi o‘yinchilarni sotib olmasligi mumkin

Jamoa qanday yo‘l tutishni bilmayapti.
Futbol
«Manchester Siti» qishki transfer oynasida yangi o‘yinchilarni sotib olmasligi mumkin
Photo: Getty Images

Angliyaning «Manchester Siti» klubi qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni sotib olmasligi ehtimoli yuqori.

Indykaila News ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda manbalardan «Manchester Siti»ning transfer rejalari haqida so‘rashning ham ma’nosi yo‘q. Chunki hamma bir xil javob bermoqda: «Klub keyingi xabarga qadar yangi futbolchilarni sotib olmaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Shaharliklar» ushbu qaror ustidan apellyatsiya bergan, biroq yakuniy qaror joriy yil oxirigacha e’lon qilinmasligi mumkin.

Eng salbiy ssenariyda «Manchester Siti» ko‘plab ochkolaridan mahrum etilishi yoki hatto Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting