locale OZ

Balde va Kunde «Barselona»ni tark etishi mumkin

Har ikki futbolchining faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Futbol
Balde va Kunde «Barselona»ni tark etishi mumkin
Photo: Getty Images

Alejandro Balde va Jyul Kunde qishki transfer oynasida «Barselona»ni tark etishi mumkin.

Barca Universal nashri insayder Matteo Moretto ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar har ikki himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ularning yanvar oyida sotilishi ehtimoli yuqori.

Balde va Kunde joriy mavsumda Hans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibidagi o‘rinlarini yo‘qotishdi. Har ikki futbolchining faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Ularni APLning bir qator grandlari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Transfermarkt portali 23 yoshli ispaniyalik Baldening bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda. 28 yoshli fransiyalik Kundening transfer qiymati esa 55 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting