locale OZ

«Yuventus» Sheshko transferiga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.
Futbol
«Yuventus» Sheshko transferiga qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images

«Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

23 yoshli futbolchining nomzodi turinliklarning texnik direktori Frederik Massaraga ham, bosh murabbiy Lusiano Spalettiga ham ma’qul kelmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, sloveniyalik hujumchini ancha qulay shartlarda — katta moliyaviy xarajatlarsiz va majburiy sotib olish bandisiz ijaraga olish mumkin.

Sheshko so‘nggi paytlarda «qizil iblislar»ning asosiy tarkibidan joy ololmayapti. Bundan tashqari, u sentabr oyida jiddiy jarohat olgan va yil oxirigacha safdan chiqqan edi.

Benyamin Sheshkoning kelajagi «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino rejalariga bog‘liq bo‘ladi. Argentinalik mutaxassis bu lavozimda Maykl Kerrikning o‘rnini egallagan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting