locale OZ

Holand «Real»ga o‘tishi mumkin

Hujumchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034-yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Holand «Real»ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda norvegiyalik futbolchining vakillari va «Real» o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Biroq hozircha ehtimoliy transfer tafsilotlari oshkor etilmagan.

Avvalroq «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres norvegiyalik hujumchini sotib olishga ishonayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

26 yoshli Holand joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi.

Hujumchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 220 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting