locale OZ

«Manchester Yunayted» Kollinzni nishonga oldi

Transfermarkt portali irlandiyalik himoyachining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Futbol
«Manchester Yunayted» Kollinzni nishonga oldi
Photo: Getty Images

«Brentford» markaziy himoyachisi Neytan Kollinz «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasiga tushdi.

Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 25 yoshli irlandiyalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, «Brentford» sardoriga «Liverpul» va «Tottenhem» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq manba ta’kidlashicha, «arilar» o‘z yetakchi futbolchisini jamoadan qo‘yib yuborish niyatida emas.

Kollinz joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali irlandiyalik himoyachining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting