Modrich terma jamoada o‘ynash bo‘yicha Messini quvib yetdi
Xorvatiya terma jamoasining tajribali yarim himoyachisi Luka Modrich Millatlar ligasi guruh bosqichida Chexiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. «Shashkadoshlar» raqibni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘olib jamoa safida 41 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich ham maydonga tushdi. Ushbu bellashuv Modrich uchun Xorvatiya terma jamoasi tarkibidagi 208-o‘yin bo‘ldi.
Shu bilan u milliy jamoa safida o‘yinlar soni bo‘yicha yaqinda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan argentinalik Lionel Messiga yetdi.
Hozircha terma jamoa uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — 234 ta o‘yin bilan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Slaven Bilich boshqaruvidagi Xorvatiya terma jamoasi Millatlar ligasida o‘z guruhini uchinchi o‘rinda yakunladi.