«MYU» Pochettinoning ilk mashg‘uloti oldidan maxsus chora ko‘rdi
«Manchester Yunayted» klubi yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning Angliyaga imkon qadar tezroq yetib kelishi uchun xususiy samolyot tashkil qildi.
Daily Mail jurnalisti Kris Uilerning xabar berishicha, manchesterliklar argentinalik mutaxassisga AQSh terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Angliyaga qaytishda yordam ko‘rsatgan.
Klub Pochettino uchun maxsus reys ajratgan. Bu murabbiyga parvoz davomida dam olish va yetib kelishi bilan «Manchester Yunayted» mashg‘ulotiga yo‘l olish imkonini beradi.
Argentinalik mutaxassis yaqin kunlarda manchesterliklar bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi kutilmoqda.
Pochettinoni yangi jamoasidagi dastlabki uchrashuvdayoq jiddiy sinov kutmoqda. 22-noyabr kuni «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi doirasida safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.