locale OZ

Porro «Barselona»ga o‘tmoqchi: «Tottenxem» 70 million yevro talab qilmoqda

Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Futbol
Porro «Barselona»ga o‘tmoqchi: «Tottenxem» 70 million yevro talab qilmoqda
Фото: Getty Images

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Pedro Porro faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» jamoasida davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

27 yoshli ispaniyalik futbolchining klubini o‘zgartirish uchun bir nechta varianti bor. Biroq uning ustuvor maqsadi kelasi yil yozida «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tish hisoblanadi.

Transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy omil — «Tottenxem» talab qilayotgan tovon puli. Londonliklar Porroni 70 million yevroga baholamoqda. «Barselona» esa ispaniyalik futbolchi uchun 50 million yevrodan ortiq to‘lashni istamayotgani aytilmoqda.

Pedro Porro joriy mavsumda Ispaniya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting