locale OZ

Pedro Porro yaqin orada «Barselona»ga o‘tmaydi

Ispaniyalik futbolchining «Tottenhem» bilan shartnomasi 2031-yilgacha amal qiladi.
Futbol
Pedro Porro yaqin orada «Barselona»ga o‘tmaydi
Photo: Getty Images

«Tottenhem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro yaqin kelajakda «Barselona»ga o‘tmaydi.

Kataloniyaliklar anchadan buyon Ispaniya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirib kelayotgan edi. Biroq jurnalist Reshad Rahmon insayder Matteo Morettoning ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «shporlar» himoyachisi qishki transfer oynasida kataloniyaliklar safiga qo‘shilmaydi. Ayni paytda bunday kelishuv amalga oshishi istisno qilingan.

Ma’lumki, «Barselona» hozircha qimmat transferlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Transfermarkt portali Pedro Porroning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting