Bellami Ronalduga hurmat ko'rsatishga chaqirdi
41 yoshli hujumchi noyabr oyidagi yig'in oldidan milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.
Futbol
Photo: Getty Images
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kreyg Bellami Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
41 yoshli hujumchi noyabr oyidagi yig'in oldidan milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. Yulduz futbolchi 2003-yildan buyon xalqaro maydonda o'z mamlakati sharafini himoya qilib kelgan.
«Ronalduga munosib hurmat ko'rsating va uning o'yinini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lganingiz uchun minnatdor bo'ling. Shaxsan men bundan minnatdorman. Siz, portugaliyaliklar, uning terma jamoangiz tarkibida bo'lgani uchun ayniqsa minnatdor bo'lishingiz kerak. U futbol tarixida o'z nomini abadiy muhrlab qoldirdi», — dedi Bellami matbuot anjumanida.