«Barselona» Pedro Porroga qiziqmoqda, biroq transfer narxi to‘siq bo‘lishi mumkin
Biroq talab qilinayotgan tovon puli sababli ushbu transfer amalga oshmasligi mumkin.
Futbol
Фото: Getty Images
Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Tottenhem» klubi qanot himoyachisi Pedro Porro «Barselona»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. Biroq talab qilinayotgan tovon puli sababli ushbu transfer amalga oshmasligi mumkin.
The Touchline nashrining ma’lum qilishicha, «Barselona» prezidenti Joan Laporta ingliz klubi himoyachi uchun so‘rayotgan 70–80 million yevroni to‘lashga tayyor emas.
Porro 2023-yilning yozidan buyon «Tottenhem» safida to‘p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030/2031-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ekspertlari 27 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.