Kasorla Yamalni asrash kerakligini ta'kidladi
Ispaniyalik sobiq yarim himoyachi Santi Kasorla «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalning holati haqida o'z fikrini bildirdi.
19 yoshli futbolchi noyabr oyidagi yig'in doirasida Chexiyaga qarshi o'tkazilgan birinchi uchrashuvni o'tkazib yubordi. Vaholanki, keng tarqalgan fikrlarga ko'ra, uning sog'lig'ida muammo bo'lmagan va futbolchi maydonga tushishi mumkin edi.
«Biz Yamalni asrashimiz kerak. U shundoq ham juda ko'p daqiqa maydonda harakat qildi. U birinchi uchrashuvni o'z xohishi bilan o'tkazib yuborgan deb o'ylamayman. Lamin har doim o'ynashni istaydi», — deya Kasorlaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Barca Buzz.
Yakshanba kuni Lamin Yamal Angliyaga qarshi bahsda uchrashuv boshidan oxirigacha maydonda harakat qildi va golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq bu Ispaniya terma jamoasini 2:3 hisobidagi mag'lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo'lmadi.