Serhio Ramos «Malaga»ga o'tishi mumkin
«Monterrey» klubini tark etganidan keyin ispaniyalik himoyachi Serhio Ramos deyarli bir yildan buyon jamoasiz qolmoqda. Shunga qaramay, tajribali futbolchi yangi taklif olish umidida muntazam ravishda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
El Nacional ma'lumotiga ko'ra, 40 yoshli Ramosni o'z safiga qo'shib olish variantini «Malaga» klubi ko'rib chiqmoqda. Jamoa himoya chizig'ida muammolarga duch kelmoqda, shuningdek, tarkibda yetakchilik xususiyatlariga ega futbolchilar yetishmayapti. Ramos esa qishki transfer oynasida bu muammolarga munosib yechim bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, ispaniyalik himoyachi ancha kamtarona maosh evaziga ham jamoaga qo'shilishga rozi bo'lishi mumkin.
Ayni vaqtda «Malaga» Ispaniya chempionati turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan joy olgan.