Skott Maktominay «Napoli»ni tark etishi mumkin: «MYu» vaziyatni kuzatmoqda
«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominay yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, klub futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan. Bunga shotlandiyalik yarim himoyachining yiliga 8 million yevro maosh talab qilayotgani sabab bo‘lgan.
Ushbu vaziyatdan «Manchester Yunayted» foydalanib qolishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, «Napoli» Maktominay bo‘yicha 25–30 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, yarim himoyachiga nafaqat «Manchester Yunayted», balki «Real», «Milan» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli Maktominay joriy mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.