locale OZ

Anzur Ismoilov Rossiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlariga baho berdi

41 yoshli futbolchi raqib jamoaning kuchli tomonlarini e’tirof etib, bo‘lajak bahs o‘zbekistonliklar uchun muhim sinov bo‘lishini ta’kidladi.
Futbol
Anzur Ismoilov Rossiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlariga baho berdi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Anzur Ismoilov Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. 41 yoshli futbolchi raqib jamoaning kuchli tomonlarini e’tirof etib, bo‘lajak bahs o‘zbekistonliklar uchun muhim sinov bo‘lishini ta’kidladi.

Ismoilov O‘zbekiston terma jamoasi hozir yangi rivojlanish bosqichida ekanini qayd etgan. Uning fikricha, Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma qo‘lga kiritilishi mamlakat futboli uchun tarixiy natija bo‘lgan. Biroq mundialdagi ishtirok jamoaning xalqaro tajriba, barqarorlik va kuchli raqiblarga qarshi o‘yin borasida hali ishlashi kerak bo‘lgan jihatlari mavjudligini ko‘rsatgan. Shuningdek, u Fabio Kannavaroning bosh murabbiy etib tayinlanishini terma jamoa rivojidagi yangi bosqich sifatida baholagan.

”Rossiya — kuchli futbolchilari va xalqaro tajribasiga ega jiddiy raqib. Bizning terma jamoamiz uchun bu, avvalo, o‘z imkoniyatlarini kuchli jamoaga qarshi sinovdan o‘tkazish, hozirgi tayyorgarlik darajasini baholash va qaysi jihatlar ustida ishlash kerakligini aniqlash imkoniyatidir. Uchrashuv Toshkentda o‘tishi esa futbolchilarimiz uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi kerak”, — dedi Ismoilov. Sobiq himoyachi har ikki jamoadan tartibli va g‘alabaga intiluvchan futbol kutayotganini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Anzur Ismoilov 2007–2019-yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U faoliyati davomida ”Paxtakor”, ”Bunyodkor”, ”Lokomotiv”, OKMK va Xitoyning ”Chanchun Yatay” klublarida to‘p surgan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 12-noyabr kuni Toshkentdagi ”Paxtakor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting