locale OZ

Konor Makgregor Habib Nurmagomedov avtobusiga hujum qilgan videosini qayta e’lon qildi

Makgregor 2018-yilda Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan voqeani eslatgan.
Boshqa sport turlari
Konor Makgregor Habib Nurmagomedov avtobusiga hujum qilgan videosini qayta e’lon qildi
Foto: Getty Images

UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Abu-Dabida Usman Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasida yuzaga kelgan janjalga munosabat bildirdi. Irlandiyalik sportchi 2018-yilda Habib Nurmagomedov bo‘lgan avtobusga hujum qilgan videosini ijtimoiy tarmoqlarda qayta e’lon qilib, Ilia Topuriyaga murojaat yo‘lladi. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Makgregor 2018-yilda Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan voqeani eslatgan. O‘shanda irlandiyalik jangchi o‘z hamrohlari bilan Habib Nurmagomedov va boshqa UFC jangchilari bo‘lgan avtobusga hujum qilgan edi. Makgregor yuk tashish aravachasini avtobus oynasiga uloqtirgan va hodisa oqibatida bir nechta sportchi jarohat olgan.

”Ilia Topuriya, mening jangchim, seni bir vazifa kutmoqda. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda ”Konor haq edi” va ”Konor boshidanoq haq edi” degan xeshteglar ommalashayotgani menga juda yoqmoqda. Barchangizga rahmat, men ham sizlarni yaxshi ko‘raman”, — deb yozdi Makgregor. U o‘z postiga 2018-yildagi hodisani eslatuvchi, Topuriyaning yuzi tasvirga joylashtirilgan tahrirlangan suratni ham qo‘shgan.

Ma’lumot uchun, Makgregorning Habib Nurmagomedov bo‘lgan avtobusga hujumi 2018-yilning 5-aprelida Nyu-Yorkdagi ”Barclays Center” arenasida, UFC 223 turniri oldidan sodir bo‘lgan. Ushbu hodisa oqibatida turnirning bir nechta janglari bekor qilingan. Makgregor va Nurmagomedov o‘sha yilning oktyabr oyida UFC 229 turnirida to‘qnash kelgan va rossiyalik jangchi to‘rtinchi raundda sabmishen orqali g‘alaba qozongan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting