locale OZ

Pochettino ”Liverpul”ga qarshi o‘yinda ”Manchester Yunayted”ni boshqarishi kutilmoqda

Argentinalik murabbiy va uning shtabini AQSH terma jamoasidan olib kelish klubga taxminan 9 million funt sterlingga tushishi mumkin.
Futbol
Pochettino ”Liverpul”ga qarshi o‘yinda ”Manchester Yunayted”ni boshqarishi kutilmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning ”Manchester Yunayted” klubi Maurisio Pochettinoni yangi bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi. Argentinalik mutaxassisning 22-noyabr kuni ”Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Premyer-ligasi uchrashuvida jamoani boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Kruk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ”Manchester Yunayted” rahbariyati Pochettino bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Mutaxassisning nomzodini klub egalari — Gleyzerlar oilasi ham qo‘llab-quvvatlagan. Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar oktyabr oyida boshlangan. Argentinalik murabbiy va uning shtabini AQSH terma jamoasidan olib kelish klubga taxminan 9 million funt sterlingga tushishi mumkin.

Pochettino hozirda AQSH milliy terma jamoasini boshqarmoqda. Uning jamoasi 14 va 18-noyabr kunlari Gaitiga qarshi KONKAKAF Millatlar ligasi chorak final uchrashuvlarini o‘tkazadi. Murabbiy ushbu bahslardan keyin Angliyaga yo‘l olishi kutilmoqda. Shu sababli u ”Manchester Yunayted”ni ”Liverpul”ga qarshi uchrashuvga tayyorlash uchun qisqa vaqtga ega bo‘ladi. Hozircha uning tayinlanishi rasman e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, 54 yoshli Maurisio Pochettino faoliyati davomida ”Sautgempton”, ”Tottenhem”, ”PSJ” va ”Chelsi” klublarini boshqargan. U 2024-yilning sentyabr oyida AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. ”Manchester Yunayted” esa APLning dastlabki 10 turida sakkiz ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda. ”Liverpul”ga qarshi uchrashuv 22-noyabr kuni ”Enfild” stadionida o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting