locale OZ

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni ishdan bo‘shatishga qaror qildi

«Qizil iblislar» Angliya Premyer-ligasi jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni ishdan bo‘shatishga qaror qildi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi birinchi jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Maykl Kerrikni ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

«Qizil iblislar» Angliya Premyer-ligasi jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa joriy mavsumdagi dastlabki 10 ta uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozongan.

Avvalroq manchesterliklar klubi bosh murabbiylik lavozimiga Maurisio Pochettinoni tayinlashga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda argentinalik mutaxassis AQSH milliy terma jamoasini boshqarmoqda. U avvalroq Angliyaning «Sautgempton», «Tottenhem» va «Chelsi» klublarida faoliyat yuritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting