locale OZ

«MYu» Pochettino bilan og‘zaki kelishuvga erishdi (Romano)

Ayni paytda klub AQSh futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Futbol
«MYu» Pochettino bilan og‘zaki kelishuvga erishdi (Romano)
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» AQSh milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan muzokaralarda muhim kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, manchesterliklar argentinalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlashning asosiy shartlarini og‘zaki kelishib olgan. Ayni paytda klub AQSh futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

«Manchester Yunayted» Pochettinoning amaldagi shartnomasini bekor qilish uchun 10 million dollar tovon puli to‘lash imkoniyatidan foydalanmoqchi. Shundan so‘ng murabbiyni tayinlash bo‘yicha rasmiy jarayonlar boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq klub rahbariyati 11-noyabr kuni Monakoda yig‘ilish o‘tkazishi xabar qilingandi. Unda amaldagi bosh murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting