locale OZ

«MYu» Pochettinoning tovon puli uchun 9 mln yevro to‘lashga tayyor

Klub va murabbiy o‘rtasida og‘zaki kelishuv bor.
Futbol
«MYu» Pochettinoning tovon puli uchun 9 mln yevro to‘lashga tayyor
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyni almashtirishga qaror qildi. Bu ajablanarli emas, chunki klub Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalidagi 18-o‘rindan qoniqmayapti. Chorshanba kuni «qizil iblislar» Maykl Kerrik bilan hamkorlikni yakunlaganini e’lon qildi.

Ko‘rinishidan, «Manchester Yunayted»ning navbatdagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo‘ladi.

Germaniyaning Sky telekanali jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan va bu kelishuv yuz foiz aniq. Biroq shartnoma muddati hozircha ma’lum emas.

«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettinoni shartnomasida belgilangan 9 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lash orqali jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Argentinalik mutaxassis terma jamoalar o‘yinlari uchun belgilangan tanaffusdan so‘ng klubni qabul qilib oladi. Hozirda u AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting