«Real» Olise transferi imkoniyatini kuzatmoqda
«Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise hamon Madridning «Real» jamoasi qiziqish doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» fransuz futbolchisining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
«Real»dagilar tarkibda Ibraima Konate va Kilian Mbappening borligi Olisening Madrid klubiga o‘tishiga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, «Bavariya» Oliseni o‘zining uzoq muddatli loyihasidagi muhim futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda va uni jamoadan qo‘yib yuborish niyatida emas.
24 yoshli vinger joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.