locale OZ

Peddi Pimblett Ilia Topuriyani keskin tanqid qildi

U Topuriyaning bir nechta mamlakat muxlislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga urinayotganini aytib, Jastin Getjiga qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan so‘ng uning obro‘siga putur yetganini ta’kidladi.
Boshqa sport turlari
Peddi Pimblett Ilia Topuriyani keskin tanqid qildi
Foto: Getty Images

Britaniyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett gruziyalik-ispaniyalik sportchi Ilia Topuriyani keskin tanqid qildi. U Topuriyaning bir nechta mamlakat muxlislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga urinayotganini aytib, Jastin Getjiga qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan so‘ng uning obro‘siga putur yetganini ta’kidladi. Bu haqda Red Corner MMA xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Pimblett Topuriyaning Gruziya, Ispaniya va Germaniya bilan bog‘liqligini tilga olib, uning turli mamlakatlarda muxlislar orttirishga intilayotganini tanqid qilgan. Britaniyalik jangchi, shuningdek, Topuriyaning Ispaniyadagi muxlislari orasida ham unga nisbatan munosabat o‘zgarganini da’vo qilgan.

”U gruzinmi, ispaniyalikmi yoki nemismi? Bittasini tanlasin, bir vaqtning o‘zida uchalasi ham bo‘la olmaydi. Uchta mamlakatdan muxlislar yig‘ishga urinishni bas qilsin. Eshitishimcha, Ispaniyada ham undan yuz o‘girishgan. Jastinga mag‘lub bo‘lishidan oldin ham norozilik bor edi, mag‘lubiyatdan keyin esa vaziyat yanada yomonlashdi. Agar men bilan jang qilib, yana yutqazsa, unda umuman muxlis qolmasligi mumkin”, — dedi Pimblett.

Ma’lumot uchun, Ilia Topuriya 2026-yil iyun oyida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazilgan jangda professional MMA faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan. Bellashuv to‘rtinchi raunddan so‘ng uning jamoasi jangni to‘xtatishi bilan yakunlangan. Peddi Pimblett ham 2026-yil yanvarida Getjiga qarshi jang o‘tkazib, hakamlar qarori bilan mag‘lub bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting