locale OZ

«Manchester Yunayted»ning ikki futbolchisi samolyotda janjallashib qoldi

«Manchester Yunayted» futbolchilari Lisandro Martines va Yuri Tilemans o‘rtasida samolyotda kelishmovchilik yuzaga kelgani xabar qilinmoqda.
Futbol
«Manchester Yunayted»ning ikki futbolchisi samolyotda janjallashib qoldi
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted»ning ikki futbolchisi samolyotda janjallashib qoldi

«Manchester Yunayted» futbolchilari Lisandro Martines va Yuri Tilemans o‘rtasida samolyotda kelishmovchilik yuzaga kelgani xabar qilinmoqda.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, mojaro jamoa «Atletiko»ga qarshi o‘yindan keyin Madriddan Manchesterga qaytayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Avvalroq Martines mag‘lubiyatdan so‘ng klubning transfer siyosati va sport direktori Jeyson Uilkoks faoliyatini tanqid qilgandi. Tilemans esa jamoadoshining gaplariga «Izohsiz», deya munosabat bildirgan.

Nashr ta’kidlashicha, ushbu voqealar «Manchester Yunayted» ichidagi munosabatlar yomonlashayotganidan dalolat bermoqda.

Mankunianliklar ayni paytda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting