locale OZ

”Barselona” muxlislariga vafotidan keyin ”Kamp Nou” stadionida qo‘nim topish imkoniyatini yaratadi

Klub tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, muxlislar hayotlik vaqtidayoq o‘zlari yoki yaqinlari uchun maxsus joy band qilishlari mumkin.
Futbol
”Barselona” muxlislariga vafotidan keyin ”Kamp Nou” stadionida qo‘nim topish imkoniyatini yaratadi
Foto: Getty Images

Ispaniyaning ”Barselona” klubi vafot etgan muxlislarining kulini ”Kamp Nou” stadionidagi maxsus memorial majmuada saqlash imkoniyatini yaratmoqda. Klub tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, muxlislar hayotlik vaqtidayoq o‘zlari yoki yaqinlari uchun maxsus joy band qilishlari mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ”Memorial FC Barcelona” nomini olgan majmuada marhumlarning kulini saqlash uchun 26 mingta maxsus joy tashkil etiladi. Bundan tashqari, muxlislarning ismlari va xotira yozuvlarini joylashtirish uchun 9 mingta esdalik lavhasi o‘rnatiladi. Umumiy maydoni 1500 kvadrat metrni tashkil etadigan majmua stadionning futbol maydoniga yaqin hududida joylashadi.

Mazkur xizmat pullik bo‘lib, marhumlarning kulini 10 yil saqlash 2490 yevro, 25 yil saqlash 4990 yevro, 50 yil saqlash esa 5990 yevrodan boshlanadi. Bundan tashqari, har yili 70 yevro miqdorida xizmat ko‘rsatish to‘lovi undiriladi. Xotira lavhasini joylashtirish uchun ham alohida haq belgilanadi. Xabarlarga ko‘ra, hozirga qadar mingdan ortiq muxlis majmuadan joy olishga qiziqish bildirgan.

Ma’lumot uchun, ”Barselona” memorial majmuasining birinchi bosqichini 2027-yil oxirida, ikkinchi bosqichini esa 2028-yil o‘rtalarida foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Loyihani klub Més Que Un Memorial kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Memorialdan foydalanish uchun ”Barselona” klubiga a’zo bo‘lish talab etilmaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting