locale OZ

«Barselona» Pedro Porro transferini kechiktirdi

27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushgan.
Futbol
«Barselona» Pedro Porro transferini kechiktirdi
Фото: Getty Images

«Barselona» «Tottenhem»ning qanot himoyachisi Pedro Porroni qishki transfer oynasida sotib olishga urinmasligi mumkin.

Esport3 nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi prezidenti Joan Laporta ispaniyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi, biroq jamoaning qishki transfer rejalarida boshqa ustuvor vazifa bor.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yanvar oyida markaziy himoyachi xarid qilishga e’tibor qaratmoqchi. Shu sababli Porroning transferi keyingi muddatga qoldirilishi kutilmoqda.

27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting