Estevao «Barselona»ga o‘tishi mumkin
Londonning «Chelsi» klubi vingeri Estevao Villyan qishki transfer oynasida «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» «Chelsi»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Estevaoning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchi yanvar oyida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tish uchun ruxsat so‘rashi mumkin.
Kataloniya klubi bu imkoniyatdan foydalanishga tayyor. «Barselona»ning sport direktori 19 yoshli iqtidor egasining salohiyatini anchadan beri yuqori baholab kelmoqda.
Joriy mavsumda Estevao barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozirgacha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.