locale OZ

Shmeyxel «MYu»ning mag‘lubiyatida Lisandro Martinesni aybladi

Daniyalik sobiq futbolchi jamoa o‘yiniga ta’sir qilgan aybdorlar haqida gapirdi.
Futbol
Shmeyxel «MYu»ning mag‘lubiyatida Lisandro Martinesni aybladi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni Piter Shmeyxel «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdagi (0:2) mag‘lubiyat uchun aybdorni aniqladi.

«Bu mag‘lubiyat uchun barcha mas’uliyatni faqat Martines zimmasiga yuklayman. Uning bu uchrashuvdagi o‘yini shunchaki dahshatli bo‘ldi. Bu holatni ta’riflash uchun hatto so‘z topa olmayapman. Hammasi aql bovar qilmas darajada. U esa maydonni boshini chayqagancha tark etdi, go‘yo hech qanday aybi yo‘qdek. Balki meni uni doim tanqid qilishda ayblashar, ammo jamoa joriy mavsumda o‘tkazib yuborgan ko‘plab gollarni misol qilib keltira olaman. O‘sha vaziyatlarda aynan u asosiy aybdor bo‘lgan va o‘z vazifalarini bajarmagan.

Menimcha, ikki hafta oldingi xatti-harakatlari va bugun penaltiga sabab bo‘lgan epizoddagi harakatlari uning «Manchester Yunayted» darajasidagi futbolchi emasligini ko‘rsatmoqda», — deya Shmeyxelning so‘zlarini Goal nashri keltirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting